Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident chiroq o‘chganda Sirdaryo fojiasi qaytarilishidan qo‘rqqanini aytdi

Prezident chiroq o‘chganda Sirdaryo fojiasi qaytarilishidan qo‘rqqanini aytdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 yanvar kuni butun O‘zbekistonda kuzatilgan chiroq o‘chishi fojiasida eng ko‘p qo‘rqqan xatari haqida gapirdi. Bu haqda «Menimcha» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

«Kechasi bilan hech kim uxlamadi. Nega uxlamadik? Birorta odamni yo‘qotmaylik deb harakat qildik. Mening eng qo‘rqqanim — stansiya yonib ketmasin dedim. Sirdaryoda 80-yillarda 6 ta stansiya yonib ketgandi», degan prezident 26 yanvardagi ma’ruzasida.

Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kuni soat 11:00 da Markaziy Osiyodagi energotizimda yirik nosozlik yuzaga kelib, O‘zbekiston hududida ham elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring