Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident ishtirokida «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida Navro‘z bayrami bo‘lib o‘tmoqda (foto)

Prezident ishtirokida «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida Navro‘z bayrami bo‘lib o‘tmoqda (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tmoqda.

Marosimda Prezidentimiz butun xalqimizga murojaat qildi:

«Azizlar, qarang, qanday go‘zal yurtimiz, qanday saxovatli zaminimiz, betakror tabiatimiz bor! Bu bebaho boyliklarni ming yillar osha asrab-avaylab kelayotgan mehnatkash, oq ko‘ngil va olijanob xalqimiz bor.

Xudo bizga ato etgan yer-suvimizni, barcha imkoniyatlarimizni qadrlab, ulardan oqilona foydalansak, bir boyligimizga, albatta, o‘n boylik qo‘shiladi.

Shu bois, azaliy an’analarimizni davom ettirib, ko‘chat ekib, bog‘ yarataylik, uyimiz, mahallamizni obod qilib, hayotimizni yanada go‘zal va farovon etaylik!

Yaxshi qo‘shnichilik, ahillik bilan, ezgu va savob ishlarimiz bilan bag‘rikeng el, o‘z mashaqqatli mehnatimiz bilan baxt va obro‘ topayotgan xalq ekanimizni dunyoga namoyon etaylik!

O‘g‘il-qizlarimiz zamonaviy bilim, til va kasblarni egallab, barkamol avlod bo‘lib safimizga kirsin!

Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi tarix, yangi kelajak yarataylik!».

Prezident so‘zining yakunida yana bir bor Navro‘zi olam bilan tabrikladi va eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring