Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident matbuot kotibi Tojikistonda imzolanadigan bitimlar haqida aytdi

Prezident matbuot kotibi Tojikistonda imzolanadigan bitimlar haqida aytdi

Foto: «President.uz»

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida imzolash uchun 27 hujjat, 140 million dollarlikdan ziyod shartnomalar tayyorlangan

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi Komil Allamjonov ommaviy axborot vositalariga ma’lum qildi.

— Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifidan ulkan natijalar kutilmoqda. Tashrif doirasida imzolash uchun 27 hujjat tayyorlangan. Davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston – Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma, Fuqarolarning o‘zaro qatnovi to‘g‘risidagi bitim ular orasida eng muhimlaridir, — dedi K.Allamjonov.

Shuningdek, tashrif doirasida o‘tkaziladigan biznes-forum va O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasida umumiy qiymati 140 million dollardan ziyod bo‘lgan tijorat shartnomalari imzolanishi kelishilgan.

«Bilasiz, Prezidentimiz konstruktiv ish olib boradi va masalalarni joyida hal qiladi. Shu nuqtai nazardan, tashrif paytida kelishuvlar miqdori yanada oshishi mumkin», deyiladi xabarda.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring