Prezident va davlat stipendiyalari g‘oliblari e’lon qilindi (to‘liq ro‘yxat)
2025/2026 o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichining 101 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi.
Tanlovda ishtirok etib, sovrindor bo‘lmagan talabalar ham tegishli OTT rahbari tomonidan rag‘batlantiriladi.
Jumladan:
- Prezident davlat stipendiyasi talabgorlari sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari;
- nomli davlat stipendiyalari talabgorlari esa, sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablag‘i bilan mukofotlanadi.
G‘oliblar bilan quyidagi havolalar orqali tanishing:
- Prezident davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalar ro‘yxati.
- Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalar ro‘yxati.
- Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalar ro‘yxati
- Beruniy nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalar ro‘yxati
- Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalar ro‘yxati
- Ibn Sino nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalar ro‘yxati
- Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalar ro‘yxati
- Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalar ro‘yxati
- To‘lepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalar ro‘yxati
- Bobur nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalar ro‘yxati
- Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalar ro‘yxati
- Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalar ro‘yxati
Ma’lumot uchun, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Prezident stipendiyasi g‘oliblari vazirlik Hay’atida tasdiqlangandan so‘ng e’lon qilinadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter