Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezidentning kino bo‘yicha yangi qarori qabul qilindi

Prezidentning kino bo‘yicha yangi qarori qabul qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash va o‘tkazish to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5151-son, 19.06.2021-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 1968–1997-yillarda O‘zbekistonda o‘tkazib kelingan «Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkent xalqaro kinofestivali» «Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali nomi bilan qayta tiklanib, 2021-yildan har yili sentyabr–oktyabr oylarida Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Shunga ko‘ra, «Ipak yo‘li durdonasi» XIII Toshkent xalqaro kinofestivali joriy yilda 28 sentyabr – 3 oktyabr kunlari «Tinchlik, taraqqiyot va ma’rifat» shiori ostida o‘tkaziladi.

G‘oyasi va mazmuni Kinofestival shioriga mos, jahon kinematografiyasi rivojida salmoqli o‘ringa ega filmlarning ijodkorlari diplom, ramziy haykalcha va har biri 20 ming AQSh dollaridan iborat beshta pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, Osiyo qit’asi va qadimiy Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan mamlakatlar yosh kinoijodkorlarining qisqa metrajli filmlari festivali g‘oliblari diplom va quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

 1-o‘rin uchun – 15 ming AQSh dollari;
 2-o‘rin uchun – 10 ming AQSh dollari;
 3-o‘rin uchun – 7 ming AQSh dollari.

Qaror bilan Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi boshqaruviga berilib, uning negizida «Kinochilar uyi» tashkil qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring