Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura YPX xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinladi

Prokuratura YPX xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinladi

Foto: Xabar.uz

Ohangaron tumanida YHXB inspektorlari va haydovchi o‘rtasidagi vaziyat hamda haydovchining o‘limi bilan bog‘liq holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov xabariga ko‘ra, marhumning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Shuningdek, holatga aniqlik kiritish uchun YHXB xodimlariga biriktirilgan «Body camera»da aks ettirilgan videotasvirlar olingan. YXHB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi boshlangan.

«Mazkur holat har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqiladi va natijasi haqida qo‘shimcha xabar qilinadi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ohangaronda YPX xodimlari jazolagan haydovchi shifoxonada vafot etgandi. IIV matbuot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov bu bo‘yicha pisandali bayonot bergan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring