Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin Donbassda maxsus operatsiya o‘tkazilishini e’lon qildi

Putin Donbassda maxsus operatsiya o‘tkazilishini e’lon qildi

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya o‘tkazishga qaror qilganini ma’lum qildi.

«Biz voqealarning har qanday rivojlanishiga tayyormiz. Barcha zarur qarorlar qabul qilindi», — degan Putin.

Shuningdek, Putin Ukraina armiyasi harbiy xizmatchilaridan qurollarini tashlashni talab qildi.

Bu orada Ukrainaning Xarkov, Dnepr va Zaporoje xalqaro aeroportlari yopildi. Rossiya samolyotlarining harbiylar bilan qo‘nishining oldini olish uchun qo‘nish yo‘llari to‘sib qo‘yilmoqda.

Ukraina Rossiya va Belarus energiya tizimlaridan butunlay uzilgan va hozirda oflayn rejimda ishlamoqda.

Ukraina OAVlari xabar berishicha, Kiyev, Kramatorsk, Odessa, Xarkov va Berdyansk hududlarida portlashlar sodir bo‘lmoqda.

Avvalroq Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi bayrog‘i tushirilgandi. RF tashqi ishlar vazirligi elchixonada ishlovchi rossiyalik xodimlar va ularning oilalari Ukrainadan evakuatsiya qilinishi haqida bayonot berdi. 

Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (MXMK) butun Ukraina hududida, «Lugansk va Donetsk XR»dan tashqari, favqulodda holat joriy etishga qaror qildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring