Putin razvedkani tanlashiga kino sababchi bo‘lgan
Vladimir Putin «razvedkachilar haqidagi buyuk film»ni ko‘rganidan so‘ng shu kasbni tanlashga qaror qilgan, dedi Rossiya prezidentining jamoat loyihalari bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Sergey Novikov.
Novikovning fikricha, kino bosh qahramonga taqlid qilish istagi uning kasbini ham ommalashtirishga hissa qo‘shishi mumkin.
«Qahramon A nuqtadan B nuqtaga o‘tadi, rivojlanadi, natijalarga erishadi. Buni qanday amalga oshirishi tomoshabinni o‘ziga jalb qilsa, u taqlid uchun namunaga aylanadi», — dedi Novikov kinoforumdagi mubohasalarda.
Avvalroq Putinning o‘zi maktabda o‘qib yurgan paytida «Qilich va qalqon» (1968) filmini tomosha qilganidan so‘ng razvedkachi bo‘lishga qaror qilganini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin 16 yil KGB tashqi razvedkasida (shundan 6 yilini Drezdenda o‘tkazgan) xizmat qilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter