Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana is gazi: Qarshida 8 kishi zaharlandi, Nukusda esa 2 kishi vafot etdi

Yana is gazi: Qarshida 8 kishi zaharlandi, Nukusda esa 2 kishi vafot etdi

9-noyabr kuni soat 07:30larda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani, Bog‘dod mahallasida yashovchi ayol B.I., uning 2 nafar farzandlari hamda yashash xonadoniga mehmonga kelgan 5 nafar qarindoshlari yashash uyi oshxonasidagi gaz plitasini yoqib, uxlab qolishi natijasida is gazidan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilganlar. 

Shuningdek, 10-noyabr kuni soat 13:00larda Nukus shahrida yashovchi fuqaro Ye.A. va uning turmush o‘rtog‘i qo‘lbola usulda yasalgan isitish qozini o‘chog‘iga ulangan tabiy gaz ugaridan (is gazi) zaharlanib, vafot etganlar.

Ikkala holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar teshkiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

«Bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz»- deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari bergan xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring