Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga asosan Nasimov Ravshanjon Azimovich Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ravshanjon Nasimov 1971-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1993-yilda Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1993-yilda inspektorlikdan boshlab, keyinchalik rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

1993-yildan buyon soliq tizimida 24 yil ishlagan R.Nasimov, Samarqand viloyatining bir qator soliq inspeksiyalarida boshliq, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.

Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Davlat soliq qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan edi.

Oldinroq,Toshkent viloyati, Qoraqalpog‘iston va  Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshliqlari ham almashgan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring