Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda 5 ta tuman soliq inspeksiyasiga rahbarlar tayinlandi

Qashqadaryoda 5 ta tuman soliq inspeksiyasiga rahbarlar tayinlandi

Foto:«Xabar.uz»

Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 25-apreldagi buyrug‘iga asosan Qashqadaryo viloyatida 5 ta hududiy davlat soliq inspeksiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi. 

Usmanov Baxtiyor Asrorovich Chiroqchi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

B.Usmanov 1976-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1998-yili Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutinitamomlagan.U soliq tizimidagi faoliyatini Qashqadaryo viloyati Nishon tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarga soliq solish va nazorat bo‘limi uchastka davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Nishon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Butayorov Ulug‘murot Sayimovich  Nishon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U.Butayorov 1977-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2000-yili Qarshi davlat universitetini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Qashqadaryo viloyati Koson tumani davlat soliq inspeksiyasi Hisobga olish, tahlil qilish va soliq statistikasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida boshlagan. Yangi lavozimda faoliyat boshlashiga qadar Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Kameral nazorat bo‘limi davlat soliq bosh inspektori vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.

Temirov Abror O‘tkirovich esa Muborak tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

A.Temirov 1981-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2006-yili Qarshi davlat universitetini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Koson tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarga soliq solish bo‘limi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Yangi lavozimda ish boshlagunga qadar u Koson tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

Sherdanayev Mohmud Muzofforovich Shahrisabz shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

M.Sherdanayev 1962-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1989-yili Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani davlat soliq inspeksiyasi Barcha boshqa soliqlar bo‘limi davlat soliq katta inspektori lavozimida boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Kameral nazorat bo‘limi davlat soliq bosh inspektori vazifasida ishlagan.

Hasanov Obidjon Kurbonovich Qarshi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

O.Hasanov 1973-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1995-yili Qarshi davlat universitetini, 2001- Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U soliq tizimidagi faoliyatini Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani davlat soliq inspeksiyasi Tushumlarni jamlash va nazorat qilish bo‘limi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Yangi lavozimda ish boshlashga qadar Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi vazifasida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring