Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryodagi YTH bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot: qurbonlar soniga aniqlik kiritildi

Qashqadaryodagi YTH bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot: qurbonlar soniga aniqlik kiritildi

Bir muddat oldin Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani hududidan o‘tgan markaziy yo‘lda 2 ta mashina to‘qnashib, so‘ng yonib ketgani, nat ijada esa 5 nafardan ortiq kishining hayotdan ko‘z yumgani haqida mxabar berilgan edi. 

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB rasmiy ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, 2022-yil 15-avgust kuni soat taxminan 22:30 larda xalqaro ahamiyatga molik A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nekus-Beynau" avtomobil yo‘lining 105-kilometrida Muborak tumani Qoraqum qishlog‘i hududida «Gentra» rusumli avtomobil haydovchisi Muborak-Koson yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan «Spark» rusumli avtomashinaning old qismiga urilib, YTH sodir etgan. 

Natijada «Spark» rusumli avtomashina haydovchisi va ushbu avtomashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan 1 nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Bir nafar yo‘lovchi esa tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

«Gentra» rusumli avtomashina haydovchisi va ushbu avtomashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan 5 nafar fuqaro ham og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring