Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qayg‘uli xabar: yana bir oila yaqinidan ayrildi

Qayg‘uli xabar: yana bir oila yaqinidan ayrildi

Navoiy shahrida yashovchi 52 yoshli B.A. (erkak) joriy yil 30-iyun kuni tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga «COVID-19» infeksiyasiga gumon bilan olib kelingan.

SSV xabariga ko‘ra, unga «COVID-19», ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning o‘ta og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligining 3-4-darajasi, o‘tkir bosh miya va o‘pka shishi asoratlari bilan kechgan.

Bemor bundan avval gipertoniya kasalligining 3-darajasi, arterial gipertenziya, semizlikning 4-darajasi tashxisi bilan davolanib yurgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mutaxassislar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni shifokorlar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi, o‘tkir bosh miya va o‘pka shishi oqibatida vafot etdi.

Bugun o‘limlar soni bo‘yicha kunlik ko‘rsatkich yangilandi. Bunga qadar bir kun davomida eng ko‘pi uch bor o‘lim holati qayd etilgan bo‘lsa, bugun navoiylik qurbonga qadar toshkentlik ikki nafar va qoraqalpog‘istonlik bir nafar bemor hayotdan ko‘z yumgani ma’lum qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring