Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qibrayda poyezd va yuk avtomashinasi to‘qnashuvi yuz berdi

Qibrayda poyezd va yuk avtomashinasi to‘qnashuvi yuz berdi

Foto: «radio-kurs»

Temir yo‘ldan o‘tish yo‘l-harakati qoidasi buzilishi haydovchining o‘limiga sabab bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyatining Qibray tumanida 16-may kuni O‘rtachirchiq tumanida yashagan T.B. o‘ziga biriktirilgan «MAN» rusumli yuk avtomashinasini Baytqo‘rg‘on mahallasidan o‘tuvchi «Bo‘zsuv-Oqqovoq» temir yo‘lining 4402-km.da qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotganida elektrovoz bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Natijada yuk avtomashinasi haydovchisi T.B. jarohat olib voqea joyida vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring