Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirol Charlz vafoti haqida yanglish axborot tarqatgan Britaniya radiosi uzr so‘rab chiqdi

Qirol Charlz vafoti haqida yanglish axborot tarqatgan Britaniya radiosi uzr so‘rab chiqdi

Britaniyadagi Radio Caroline radiostansiyasi texnik xatolik sababli Qirol Charlz III vafot etgani haqida noto‘g‘ri xabar berib yuborganidan keyin tinglovchilardan uzr so‘radi.

Ma’lum qilinishicha, 19-may kuni tushdan keyin asosiy studiyadagi kompyuter xatosi tufayli mamlakat radiostansiyalarida favqulodda holat uchun tayyor holda saqlanadigan «monarx vafoti» protokoli tasodifan ishga tushgan.

Radiostansiya rahbari Piter Mur Facebook’dagi bayonotida bu voqea texnik nosozlik oqibatida yuz berganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, efirda Qirol Charlz vafot etgani haqida xabar berilganidan so‘ng radio efiri ham vaqtincha to‘xtab qolgan.

«Biz dasturlarni zudlik bilan tikladik va efir orqali uzr so‘radik», – dedi u.

Radiostansiya qancha vaqt davomida efir to‘xtab qolganiga aniqlik kiritmagan. Biroq stansiya saytida 19-may kuni soat 13:58 dan 17:00 gacha bo‘lgan efir yozuvlari mavjud emasligi qayd etilgan.

Hodisa Qirol Charlz va qirolicha Kamilla Shimoliy Irlandiyaga tashrif buyurgan kunga to‘g‘ri keldi. Ular o‘sha vaqtda Belfastda xalq ansambli chiqishini tomosha qilib turgan bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 1964-yilda tashkil etilgan Radio Caroline radiosi ilgari Britaniya sohillari yaqinidagi kemalardan efir uzatgan mashhur norasmiy radiostansiya hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring