Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirolicha Yelizaveta II davrida necha nafar davlat va hukumat rahbari almashdi (infografika)

Qirolicha Yelizaveta II davrida necha nafar davlat va hukumat rahbari almashdi (infografika)

Infografika: «Reddit»

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qirolichasi Yelizaveta II taxtga o‘tirganiga bir kam 70 yil to‘ldi. «Reddit» saytida e’lon qilingan infografikada Yelizaveta II taxtda payti Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, sobiq Ittifoq/Rossiya hamda AQShda necha nafar hukumat va davlat rahbarlari almashgani ko‘rsatilgan.

Yelizaveta II 1952-yilning 6-fevralida Qo‘shma Qirollik tojini kiygan.

Yoshgina Yelizaveta (25 yoshda) qirolicha bo‘lganida dunyo Cherchill, Stalin, Trumen kabi siyosatchilar qo‘lida edi. Oradan 69 yil o‘tdi — 21-aprel kuni 95-yoshini qarshilaydigan qirolicha hamon taxtda.

Yelizaveta II davrida:

  • Buyuk Britaniyada 15 nafar bosh vazir almashdi: eng uzoq vaqt «temir xonim» Margaret Tetcher (11 yil) hukumatni boshqardi, Toni Bler hisobida esa 10 yil bor.
  • Germaniyada 8 nafar kansler o‘zgardi: hukumat tepasida eng ko‘p turganlar — Gelmut Kol (16 yil) va hozirgi kansler Angela Merkel (16 yil).
  • Fransiya tepasiga 10 nafar prezident keldi: eng ko‘pi Fransua Mitteran (14 yil) va Jak Shirak (12 yil).
  • Hatto «ko‘p o‘tirish»da dong‘i chiqqan Sobiq Ittifoq/Rossiya yetakchilarining ko‘rsatkichlari ham Yelizaveta II ga solishtirilganda, arzimas raqamlarga aylanib qoladi: KPSS MQ bosh kotibi Leonid Brejnev — 16 yil, Rossiya yetakchiligi amalda (1999-yil 31-dekabrida prezidentlikni qabul qilgan, o‘rtada 2008 — 2012 yillarda hukumatni boshqargan va yana prezidentlikka qaytgan) 20 yildan beri Vladimir Putin qo‘lida. Jami 11 marta davlat rahbari almashgan.
  • 20-yanvar kuni inauguratsiyasi o‘tkazilgan Jozef Bayden esa Yelizaveta II davrida AQSh tepasiga kelgan prezidentlarning o‘n to‘rtinchisi. Bular orasida yaqqol yetakchi yo‘q — eng ko‘p o‘tirganlari 8 yil (Duayt Eyzenxauer, Ronald Reygan, Bill Klinton, Jorj Bush (Kichik), Barak Obama).
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring