Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qora bozor»da dollarni 8500 so‘mdan pullayotganlar ushlandi

«Qora bozor»da dollarni 8500 so‘mdan pullayotganlar ushlandi

2019-yilning 5-yanvar kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘zini Nuriddin deb tanishtirgan fuqaro bir AQSh dollarini «qora bozor» kursida 8500 so‘mdan ayirboshlashni taklif qilgani haqida ma’lumot kelib tushdi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Bosh prokuratura va IIBB xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tadbirda 10 ming AQSh dollarini (kursi 8500 so‘mdan) ayirboshlayotgan 34 yoshli Abror O. (o‘zini Nuriddin deb tanishtirgan), Ramiz A. va 27 yoshli Nuriddin S. qo‘lga olingan.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring