Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qorako‘ldagi to‘qayzorga o‘t ketdi

Qorako‘ldagi to‘qayzorga o‘t ketdi

Illyustrativ foto

Buxoroning Qorako‘l tumani hududidagi to‘qayzorga o‘t ketdi. Ayni xabarni Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi. Unga ko‘ra, joriy yilning 23 avgust kuni kechga yaqin tumanning «Qizqala» va «Gurli» massivlari cho‘l hududidan o‘tuvchi Amudaryo qirg‘og‘idagi to‘qayzorda chaqmoq urishi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Buning oqibatida to‘qayzorning 800 gektarida bo‘lgan qamish, yo‘lg‘un va quruq xashaklar yonib ketgan, jabrlangan shaxslar mavjud emas.

Holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring