Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qorbobo operatsiyasi. Toshkentda shuncha qorbobo nima qilyapti?

Qorbobo operatsiyasi. Toshkentda shuncha qorbobo nima qilyapti?

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar “Mahalla” hayriya jamoat fondi tashabbusi bilan yangi yil bayramini munosib kutib olish maqsadida “Mahallada Yangi yil” loyihasi asosida Toshkent shahridagi 505 ta mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan qorbobo kiyimlari tayyorlandi.

Mazkur tayyorlangan qorbobolar Mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan yangi yil arafasida bayram bilan tabriklash maqsadida birinchi navbatda mahallarda yashovchi nogironligi bor shaxslar, kam ta’minlangan, yuz yoshdan oshgan hamda ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uylariga borib tabriklash rejalashtirilmoqda.

Shuningdek,  joriy yilning 20-dekabr kunidan 31-dekabr kuniga qadar Toshkent shahri mahallalarida istiqomat qiluvchi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bayram shukuxini ulashish maqsadida har bir mahallada, mahalla markazi binosi, ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar oldida va bolalar maydonchalarida bolalar uchun tashkil etilayotgan kichik bayram tadbirlariga yuqori kayfiyatda aholi taklif etilishi rejalashtirilmoqda.

Undan tashqari 16-dekabr kuni “Xalqlar do‘stligi” saroyi binosi old maydonida poytaxt axolisini Yangi yil bilan qutlash uchun Toshkent shahridagi 505 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridan tayyorlangan Qorbobolar to‘planib tabriklar yo‘llashdi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring