Qorin dam bo‘lib, og‘izda achchiq ta’m yoki sababsiz charchoq kuzatilyaptimi? Sababini boshqa joydan emas, o‘t pufagidan izlang
Organizmda hazm jarayoni, yog‘larni parchalash va zararli moddalarni chiqarishda o‘t qopi hamda o‘t yo‘llari muhim o‘rin tutadi. Agar bu tizimda muammo boshlansa, inson tanasi turli belgilar orqali ogohlantira boshlaydi. Afsuski, ko‘pchilik bu alomatlarni oddiy charchoq yoki ovqat hazm bo‘lmasligi deb o‘ylaydi.
O‘t yo‘lida muammo borligini bildiruvchi eng muhim 15 ta belgi:
1. Qabziyat va ich ketish navbatma-navbat kuzatilishi o‘t suyuqligi yetarli ishlamayotganidan darak bo‘lishi mumkin.
2. Tez-tez qorin shishishi, gaz to‘planishi hazm jarayoni izdan chiqqanini ko‘rsatadi.
3. Og‘izda achchiq ta’m. Ayniqsa ertalab og‘izda achchiq yoki nordon ta’m bo‘lsa, bu o‘t suyuqligi qaytishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
4. Sababsiz yo‘tal. Ba’zan reflyuks tufayli bo‘g‘iz bezovta bo‘lib, quruq yo‘tal paydo bo‘ladi.
5. Jig‘ildon qaynashi. Ko‘pchilik buni faqat oshqozon bilan bog‘laydi, ammo o‘t yo‘li muammosi ham sabab bo‘lishi mumkin.
6. Ko‘z oqining sariqlashishi. Bu bilirubin ko‘payganidan va jigar-o‘t tizimida jiddiy muammo borligidan darak beradi.
7. Tanada sababsiz qichishish ba’zan qonda zararli moddalar ko‘payganida kuzatiladi.
8. Quruq teri, tovon yorilishi. Yog‘da eruvchi vitaminlar so‘rilmasa, teri quruqlashadi.
9. To‘q sariq yoki jigarrang siydik ham xavfli belgi bo‘lishi mumkin.
10. Najas rangining juda och yoki g‘ayritabiiy to‘q rangli bo‘lishi o‘t chiqishi buzilganini ko‘rsatadi.
11. Doimiy charchoq. Odam uxlasa ham charchoq ketmasa, jigar va o‘t tizimi tekshirilishi kerak.
12. Xotira pasayishi. Diqqat jamlash qiyinlashishi va bosh og‘irlashishi ham kuzatilishi mumkin.
13. Og‘izdan yoqimsiz hid kelishi. Hazm tizimi buzilganda nafas hidi o‘zgaradi.
14. Soch to‘kilishi. Vitamin yetishmovchiligi fonida soch va tirnoq zaiflashadi.
15. Ayollarda gormonal muammolar. Oylik sikl buzilishi, gormonal nomutanosiblik ham jigar va o‘t bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
O‘t yo‘li muammolari o‘z vaqtida davolanmasa jigarga ortiqcha yuk tushadi, hazm tizimi kasalliklari kuchayadi, immunitet pasayadi, turli allergik kasalliklar ko‘payishi mumkin va ayollarda gormonal muammolar ortishi ehtimoli bor.
Agar yuqoridagi belgilar tez-tez kuzatilsa gastroenterologga murojaat qilishni kechiktirmang, UZI tekshiruvidan o‘ting, yog‘li va qovurilgan ovqatlarni kamaytiring, ko‘proq suv ichishga odatlaning va vazningizni nazorat qilib boring.
Biz tanamizdagi ko‘p belgilarni oddiy charchoq deb o‘ylab yuraveramiz. Aslida esa organizm yordam so‘rayotgan bo‘lishi mumkin. O‘t yo‘lidagi muammoni erta aniqlash jiddiy kasalliklarning oldini oladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter