Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonga tashrif, narxi oshirilgan elektr energiyasi, to‘ylarni tartibga soluvchi qaror, uchovlon va to‘rtinchi, osmondan yoqqan oltin va boshqa xabarlar

Qozog‘istonga tashrif, narxi oshirilgan elektr energiyasi, to‘ylarni tartibga soluvchi qaror, uchovlon va to‘rtinchi, osmondan yoqqan oltin va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 15-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Qozog‘istonga tashrif

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 15-mart kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi.

Shavkat Mirziyoyev Ostonada kutib olindi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostona shahriga yetib keldi. Oliy martabalik mehmonni Ostona xalqaro aeroportida Qozog‘iston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Askar Mamin kutib oldi.

Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishni sog‘inganini aytdi

— Siz O‘zbekistonda juda katta ishlarni amalga oshiryapsiz va bu butun mintaqamizga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Kecha Tojikiston, bugun Qirg‘iziston Prezidentlari bilan gaplashdim. Ular ham sizning siyosiy irodangiz va sa’y-harakatlaringiz xalqlarimizni xursand qilayotganini aytishdi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bugungi maslahat uchrashuvi ham sizning tashabbusingiz bilan tashkil etildi, — dedi Nursulton Nazarboyev.

Ostonada Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Ta’kidlash joizki, mazkur yig‘ilish Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil sentabrda BMT bosh assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida bildirgan taklifiga binoan o‘tkazilmoqda.

Tarixda yangi sahifa: Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini har yili Navro‘z bayrami arafasida o‘tkazishni, navbatdagi uchrashuvni kelgusi yili Toshkentda tashkil etishni taklif qildi. O‘zaro ishonch va manfaatdorlik asosida savdo, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda, xavfsizlik va barqarorlik masalalarida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Shavkat Mirziyoyev birinchi darajali «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev nutq so‘zladilar. O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari mazkur yirik tadbir ikki xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda muhim rol o‘ynashini ta’kidladilar.

Iqtisodiyot

Elektr energiyasi narxi oshmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 913-sonli qaroriga asosan «O‘zbekenergo» AJ 2018-yil 1-apreldan boshlab elektr energiyasining narxlari oshganligini ma’lum qiladi.

Turizm

Kuvaytda o‘zbek oshi birinchi o‘rinni oldi

Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekiston elchixonasi mehmonlarni mamlakatimiz haqidagi materiallar, sayyohlik yo‘nalishlari, ta’lim va sayyohlik tizimidagi islohotlar, xalq amaliy san’ati namunalari, milliy liboslar, bezak buyumlari bilan yaqindan tanishtirishdi.

Huquq

Vasiyatnoma faqat mol-mulkka emas, inson taqdiriga ham daxldor

Qonun nuqtai nazaridan fuqaroning o‘ziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqni vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb e’tirof etiladi. Vasiyatnomaning vakil orqali tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Jamiyat

Prezident matbuot kotibining tarjimai holi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari e’lon qilindi

Otasi Ismoil Allamjonovich Shokir-Koriyev VAZ AJda avtoslesar bo‘lib ishlagan. Onasi Gulnora Ashirovna Shokir-Koriyeva Toshkent shahridagi 3-tug‘ruqxonada katta hamshira.

Video. Turizm kreditini olish tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori ijrosini ta’minlash hamda mijozlar va yurtimiz aholisidan kelib tushgan takliflar, ularning xohish-istaklaridan kelib chiqib, «O‘zsanoatqurilishbank» turizm xizmatlari uchun Turizm krediti berishni yo‘lga qo‘ydi!

Prezident borgan mahalla eng namunalilar qatoriga kirdi

Hozir esa mahalla tuzilmasiga berilayotgan imkoniyatlar sabab, bu yerdagi aholining talab va istaklari qondirilib, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Peterburgdagi O‘zbekiston konsulxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasi rahbari V.Zapevalov, shahar Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi S.Markov, Leningrad viloyati Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi A.Minin, o‘zbek diasporasining vakillari va jurnalistlar ishtirok etishdi.

To‘y-hashamlarni tartibga solish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqildi

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga bir oy muddatda kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining oilaviy tadbirlarini o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha maxsus jamg‘arma tashkil qilinishi mo‘ljallanmoqda.

«Ota ko‘rdi», «quda chaqirdi», «pul qistirish», «Love story» kabi holatlar taqiqlanmoqda

Oilaviy tadbirlarda litsenziyalanadigan faoliyat turidan foydalanilgan taqdirda, litsenziyali xizmat ko‘rsatadigan jismoniy va yuridik shaxslar to‘yxona, kafe, restoran ma’muriyatiga va ushbu xizmatdan foydalanuvchilarga bu kabi xizmatlarni ko‘rsatishga ruxsat beruvchi litsenziyaning nusxasini taqdim etadi. Litsenziyaga ega bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxslarga oilaviy tadbirlarda xizmat ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Sudga telefon va boshqa uskunalarni olib kirish taqiqlandi

Xabarda aytilishicha, ushbu qoida «Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risida»gi yo‘riqnomada belgilangan bo‘lib, hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Toshkent viloyati IIB: «O‘zbekistondan chiqib ketgan shaxslarga nisbatan e’lon qilingan qidiruv bekor qilinmoqda»

O‘zbekiston hududidan chiqib ketib, qidiruvda bo‘lgan shaxslarning amnistiya qo‘llashga rozilik arizalari olinib, ularga nisbatan e’lon qilingan qidiruv bekor qilinmoqda, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasining xabarida qidiruvda bo‘lgan ikki nafar fuqaro haqida ma’lumot keltiriladi.

Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining sobiq boshlig‘i hibsga olinmagan

Ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining sobiq boshlig‘i polkovnik Abdukarim Shodiyev ushlangani haqidagi xabar noto‘g‘ri tarqatilgani aniqlandi.

Hodisa

Yoqutistondan uchgan samolyot oltin sochib ketdi

Ma’lumotlarga qaraganda, samolyot bortida 10 tonnadan ortiq oltin yombilari bo‘lgan. YakutiaMedia oltindan tashqari brilliantlar ham bo‘lgani haqida xabar bermoqda.

Pokistonda portlash. «Tolibon» o‘z bo‘yniga oldi

Ushbu hudud o‘rab olingan bo‘lib, barcha yo‘llar vaqtinchalik yopilgan. Mazkur xunrezlik uchun javobgarlikni «Tolibon» terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga oldi.

Texnologiya

«YouTube»da uyatsiz videolarni berkitib qo‘yishni bilasizmi?

Odatda «YouTube»da biror videoni tomosha qilayotganingizda lentangiz sifatsiz videolarga to‘lib ketadi. Bu hali eng qo‘rqinchlisi emas.

Sport

Angliya futbol assotsiatsiyasi jahon chempionatining boykot qilinishiga qarshi

Tashkilotning bayonotida ta’kidlanishicha, AFA chempionatni boykot qilishga qaratilgan har qanday chaqiriqqa qarshi turadi. Chunki ingliz futboli mutasaddilari sportning siyosiylashuviga butunlay qarshidir.

Uchovlon va to‘rtinchi

Mana shu o‘yinlarga futbolchilarni saralab olish, ularni tayyorlash va olib borish va murabbiylar shtabini shakllantirish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Temur Kapadze vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Dunyo

Britaniyani tark etishi lozim bo‘lgan rossiyalik diplomatlar ro‘yxati taqdim etildi

Rossiya tashqi ishlar vazirligi ushbu ayblovni rad etdi hamda Rossiyaning Londondagi elchixonasi holat yuzasidan hamkorlikda tekshiruv olib borish zarurligi to‘g‘risida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligiga rasmiy nota yubordi.

Livanlik ayol birdaniga olti chaqaloqni dunyoga keltirdi

Ayol homilador bo‘lgandan keyingi tekshiruvlar natijasida ular olti nafar farzand kutayotganidan xabar topishgan.

Tavsiya qilamiz

Endi MXX yo‘q, demak... «quloq»lar ham yo‘qmi?!

Ayrim tafsilotlar oldin ham qulog‘imizga chalingan, biroq bu haqda ayta olmasdik, axir «quloq»lar bor edi! Shu bois ayrimlar hatto bir-biriga ishonmay qo‘ygandi. Ko‘pchilik bu idora nomini tilga olishga ham qo‘rqib, shivir-shivir gap orasida yelkasiga ikki-uch bor urish bilan izoh berardi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring