Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston milliy banki dunyoda birinchi bo‘lib 3D ultra yuqori relef texnologiyasiga ega tanga chiqardi

Qozog‘iston milliy banki dunyoda birinchi bo‘lib 3D ultra yuqori relef texnologiyasiga ega tanga chiqardi

Qozog‘iston Milliy banki 2023-yilning 3-fevralida «Qozog‘iston o‘simlik va hayvonot dunyosi» turkumidagi Balqash Alabuǵasy tangalar kolleksiyasini muomalaga chiqardi.

Ma’lum qilinishicha, Berlindagi media-forumda Milliy bankning World Money Fair Butunjahon valyuta konferensiyasidagi ishtiroki doirasida Qozog‘istonning Balqash Alabuǵasy tanga taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Dizayn konsepsiyasini ishlab chiqishda bank mutaxassislari tangaga yangi texnologiyalarni qo‘llashga qaror qilishdi. Qozog‘iston zarbxonasi 3D ultra yuqori relef texnologiyasidan foydalangan holda innovatsion zarb qilishni sinovdan o‘tkazdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring