Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston O‘zbekiston anorlariga cheklov o‘rnatdi

Qozog‘iston O‘zbekiston anorlariga cheklov o‘rnatdi

Foto:«Living in travels»

Qozog‘iston O‘zbekistondan kiruvchi anor mevasiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatdi. Cheklov, shuningdek, Qirg‘izistonning kartoshka, olma va xurmolariga ham o‘rnatilgan. Bu haqda Agrosanoat majmuasidagi davlat inspeksiyasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mars Almabek brifingda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «zakon.kz».

Uning so‘zlariga ko‘ra, cheklov 2019-yilning 19-fevralidan O‘zbekiston va Qirg‘izistondan kirib keluvchi karantin mahsulotlarida — olma, xurmo va anorlarda Komstok — «Pseudecoccus comstocki» (Kuwana) qurti aniqlangani sababli o‘rnatilgan.

«Oxirgi oyda ikki marotaba O‘zbekistondan Komstok qurti bilan zararlangan anorlarni olib kirish holati aniqlandi», degan Mars Almabek.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring