Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonga qo‘yilgan avtobuslarning narxlari e’lon qilindi

Qozog‘istonga qo‘yilgan avtobuslarning narxlari e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Bugundan qo‘shni Qozog‘istonning yirik shaharlariga avtobus qatnovi tiklandi. 

Transport vazirligi 12-aprel kuni  «Toshkent» avtovokzalidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan xalqaro avtobus qatnovlari ro‘yxatini e’lon qilgan. 

Unga ko‘ra:

12:00 | Toshkent – Chimkent chipta narxi 60 000 so‘m
16:00 | Toshkent – Olma-Ota chipta narxi 200 000 so‘m
17:00 | Toshkent – Olma-Ota chipta narxi 200 000 so‘m
18:00 | Toshkent – Nur-Sulton chipta narxi 350 000 so‘m
18:00 | Toshkent – Olma-Ota chipta narxi 200 000 so‘m
19:00 | Toshkent – Turkiston chipta narxi 100 000 so‘m
19:00 | Toshkent – Qizilo‘rda chipta narxi 200 000 so‘m
19:30 | Toshkent – Olma-Ota chipta narxi 200 000 so‘m.

Shuningdek, Tojikistonning Xo‘jand shahriga ham qatnov tiklangan. Ushbu shaharga avtobus soat 18:00 da yuradi, yo‘lkira esa 100 ming so‘mni tashkil etadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring