Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Raqamli asrda insonning o‘rni qayerda?!

Raqamli asrda insonning o‘rni qayerda?!

Foto: «Tanna Partners»

Yaqin o‘n yilliklarda, istaymizmi-yo‘qmi, biz yashayotgan dunyo keskin o‘zgarishga uchraydi. Taniqli ekspertlar shunday fikrda, chunki ko‘p ishlar avtomatlashgan tizimlar va robotlar gardaniga yuklanmoqda. Bu yaxshi, ammo insonning o‘zi nima bo‘ladi? Shu masalada ko‘p bosh qotirgan nufuzli Gartner kompaniyasi o‘z xulosalarini chiqardi. Ulardan ayrimlariga to‘xtalamiz. Ya’ni inson-kompyuter munobatlari qaysi ssenariyda rivojlanishiga razm solamiz.

Sog‘ bo‘lishga majbursiz...

Xodimlar (insonlar) ish beruvchi talabidan kelib chiqib, qo‘liga maxsus tasma taqib yurishga majbur bo‘ladi. Tasma-qurilma har bir ishchi salomatligini doimiy nazoratga oladi. Bu ko‘ngilsiz oqibatlarning oldini olish uchun ko‘rilgan chora. Insonning tomir urishi ko‘rsatkichlari doimiy monitoringda turadi, uning ahvoli yomonlashmasidan burun unga birinchi tez yordam ko‘rsatiladi.

Robot-yozuvchilar

Hozir xorijdagi yirik nashrlarda sport va iqtisodiyot yangiliklarini odamlar emas, balki dasturiy algoritmlar yaratyapti. Mana hozir — 2018-yilda jami biznes-kontentning 20 foizi mashinalar tomonidan yozilmoqda.

Yordamga «muhtoj» narsalar

Prognozlar 2021-yilga borib narsalar interneti uchun soatiga millionlab qurilmalar sotilishini ko‘rtsatmoqda. Korxona-tashkilotlar hozirdan o‘sha qurilmalarga qanday xizmat ko‘rsatish haqida bosh qotirishi kerak.

Mashinalar iqtisodiyotga ishlaydi

2020-yilda iqtisodiy tranzaksiyalarning qariyb 5 foizi inson ishtirokisiz, bevosita algoritmlar tomonidan bajariladi. Gartner kelgusida ularning sug‘urta va boshqa moliyaviy amaliyotlarda mustaqil ishlay boshlashiga ishonmoqda.

Robot-boshliq

Robotlar nafaqat ishchi, rahbar ham bo‘ladi. Robot-rahbar xodimlar (insonlar)ning mehnat unumdorligini, topshiriqlarni vaqtida bajarishini nazorat qiladi, hatto talabga javob bermaganlarini ishdan bo‘shatishi mumkin...

«Aqlli uy»lar kibertahdidlar nishoni

«Aqlli uy» xo‘jayini uchun qulay, ammo uning jilovi xakerlar qo‘liga o‘tsa bormi?.. Bunaqangi uylarning kibertizimini qo‘lga olgan xakerlar xonadon sohiblarini o‘zlari istagan ko‘yga solishlari hech gap emas: xohlashsa elektrni uzib qo‘yishadi, istashsa... Shuning uchun ham «aqlli uy»lar xavfsizligi haqida hozirdan o‘ylash kerak.

Shaxsiy virtual kotib

2020-yilda shaxsiy virtual kotiblar mobil operatsiyalarning taxminan 40 foizini o‘z zimmalariga oladi. Ekspertlar buni hatto dasturlash davrining xotimasi deya baholashmoqda. Chunki foydalanuvchilar har bir ilovani ishga tushirib o‘tirishmaydi, kerak narsani virtual yordamchidan bilib olishaveradi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring