Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Komilov boshqa lavozimga o‘tkazildi

Komilov boshqa lavozimga o‘tkazildi

Abdulaziz Komilov va Vladimir Norov (o‘ngda).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari e’lon qilindi.

Ularga ko‘ra:

Norov Vladimir Imamovich O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, uning zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarish yuklatildi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan Kamilov Abdulaziz Hafizovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring