Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Baxtiyor Saidov Rossiya elchisi bilan muzokaralar o‘tkazdi

Baxtiyor Saidov Rossiya elchisi bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik natijalari hamda joriy yil uchun rejalashtirilgan tadbirlar TIVdagi uchrashuvda muhokama qilindi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbatda O‘zbekiston–Rossiya munosabatlarining o‘tgan yildagi natijalari va 2026 yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama qilindi.

Tomonlar qator sohalarda ijobiy dinamika kuzatilayotganini qayd etdi. Jumladan, 2025 yilda o‘zaro savdo aylanmasi 11 foizga oshgan.

Qayd etilishicha, joriy yil kun tartibi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlarga boy.

Ma’lumot uchun, Aleksey Yerxov 2025 yil 5 sentyabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoni bilan O‘zbekistondagi elchi etib tayinlangan. U bundan oldin 2017 yildan Rossiyaning Turkiyadagi elchisi lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring