Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasmiy xabar: Andijondagi portlashdan 8 kishi jabrlandi

Rasmiy xabar: Andijondagi portlashdan 8 kishi jabrlandi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi (video).

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti hodisa yuzasidan rasmiy xabar tarqatdi.

Bugun, 4-dekabr kuni soat taxminan 14:00larda Andijon viloyati Andijon shahrining 2-kichik dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida qo‘lbola usulda tayyorlangan gazni tortish moslamasida yuzaga kelgan chaqnash natijasida yong‘in sodir bo‘lgan, yong‘indan uyning 4 ta xonadoni zarar ko‘rgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan joyda 8 nafar fuqaro kasalxonaga murojaat qilgan, qurbonlar yo‘q.

Hodisa sodir bo‘lgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda.

Mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.

«Hurmatli fuqarolar! Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida, Sizdan, xonandoningiz va boshqa binolarda faqat davlat standartlariga javob beradigan uskunalardan foydalanishni va gaz anjomlarida gaz sizib chiqish holatlari bor yoki yo‘qligiga e’toborli bo‘lishingizni hamda ulardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz», deyiladi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring