Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ravshan Ermatov JCh-2018ga boradigan bo‘ldi

Ravshan Ermatov JCh-2018ga boradigan bo‘ldi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

FIFAning hakamlar qo‘mitasi JCh-2018da ishlaydigan 36 nafar bosh hakam va 63 nafar yon hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi. Quvonarlisi, ushbu ro‘yxatda Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami hamyurtimiz Ravshan Ermatov va uning yordamchilari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar ham bor.

Jami hakamlar 46ta turli xil mamlakatlardan Jahon chempionati o‘yinlarida ishlashga taklif qilingan. Ravshan Ermatovdan tashqari Osiyodan Fahad Al-Mirdasi (S.Arabistoni), Alirizo Fag‘oniy (Eron), Muhammad Abdulla (BAA), Ryuji Sato (Yaponiya) va Navof Shukrullo (Bahrayn) JCh-2018ga taklif qilingan.

Rossiyadagi mundialda ishlash uchun FIFA tomonidan chaqirilgan hakamlarning to‘liq ro‘yxati bilan mana bu havola orqali tanishishingiz mumkin.

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Jahon chempionatlarida hakamlik qilish bo‘yicha dunyo rekordi sohibi hisoblanadi. U 2010 va 2014-yilgi Jahon chempionatlarida jami 9ta o‘yinda bosh hakamlik qilgan. Endilikda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarda ham Ravshan Ermatov hakamlik qiladigan bo‘lsa, uning rekordini yaqin orada hech kim yangilay olmasligi aniq.

Ravshan Ermatov hakamlik borasida erishgan yuksak natijalari va yurtimizni dunyoga tanitishdagi hissasi uchun «Buyuk xizmatlari uchun» va «El-yurt hurmati» ordenlari va «O‘zbekiston iftixori» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring