Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ravshan Ermatov yangi lavozimni egalladi

Ravshan Ermatov yangi lavozimni egalladi

Bugun, 12-aprel kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida navbatdan tashqari saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Kun tartibidagi asosiy masala Milliy olimpiya qo‘mitasi birinchi vitse-prezidentligiga yangi nomzod saylashdan iborat edi.

Yig‘ilishda Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, sport turlari bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiya xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi birinchi vitse-prezidentligiga Ermatov Ravshan Sayfuddinovich nomzodi ilgari surildi. Kengash a’zolari tomonidan R.Ermatov nomzodi bir ovozdan ma’qullandi va saylandi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Ravshan Ermatov bir vaqtning o‘zida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlab kelayotgandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tugatilishi sabab yaqinda u vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimidan olingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring