Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rog‘un GES masalasiga yechim topildi (video)

Suv muammosi Markaziy Osiyo xalqlari uchun eng jiddiy masalalardan biri sanaladi. Shu muammo tufayli Orol inqirozi yuzaga keldi, hududda cho‘llanish kuchaydi va eng muhimi o‘zaro qo‘shnichilik munosabatlariga putur yetgan davrlar ham bo‘ldi. Demak, bu masalaning yechimi bo‘yicha har qanday samarali loyiha diqqatga sazovor.

Yurtimizdagi bir guruh olimlar, tadbirkorlar va umuman vatan kelajagi uchun befarq bo‘lmagan tashabbuskorlar taklif etayotgan yirik loyiha jiddiy o‘ylab ko‘rishga arziydi. Zero, uning amalga oshishi Markaziy Osiyo davlatlarining asriy orzusi bo‘lgan suv mustaqilligiga katta yordam berishi mumkin.

Rog‘un GESi ishga tushirilishi ortidan qanday holat yuzaga keladi? O‘zbekiston bu vaziyatdan qanday qilib ham foydali jihatlarni topishi, ham o‘zaro hamkorlik va yaxshi munosabatlarni saqlab qolishi mumkin? Vatanimiz suv mustaqilligiga erishishi mumkinmi? Eng muhimi, Orol dengiziga suv borishini ko‘paytirishning qanday real choralari bor?

Xalqaro ekologiya, inson va tabiat xavfsizligi fanlari akademiyasining a’zosi, huquqshunos Anvarmirzo Husainov bilan uyushtirgan intervyumiz aynan shu haqda.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring