Ronalduning boykotidan Saudiya Proligasi 2,4 mlrd dollar zarar ko‘rdi
Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq vaziyat tufayli FOX Sports translyasiya tashkiloti Saudiya Proligasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi.
Bu juda jiddiy moliyaviy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Xususan, Saudiya Proligasi global media va tijorat loyihalarining o‘zidan 2,4 mlrd dollar atrofida zarar ko‘rdi, degan ma’lumotlar tarqaldi.
Ayni voqeliklar Saudiya futbolining xalqaro imijini bezamasligi aniq.
Krishtianu Ronaldu ushbu mamlakat klublarida amalga oshirilgan so‘nggi transferlarga, aniqrog‘i, hamma klublarga teng imkoniyat yaratilmayotganidan norozilik sifatida «An Nasr» o‘yinlarini boykot qilmoqda. CR7 futbol ichidagi va atrofidagi katta shaxsligini isbotlashdan to‘xtamayapti.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter