Rossiyada Instagram va Facebook’da reklama taqiqlandi

2025 yilning 1 sentyabridan boshlab, Rossiyada Instagram va Facebook kabi Meta platformalarida reklama tarqatish taqiqlandi. Bu qadam ekstremistik deb topilgan veb-resurslarda reklama berishga qarshi qabul qilingan yangi qonun asosida amalga oshirilmoqda.
Federal xizmatlar va Roskomnadzor reklama deb topgan materiallar uchun jismoniy shaxslar – 2 000-2 500 rubl, yuridik shaxslar – 100 000-500 000 rubl va mansabdor shaxslar – 4 000-20 000 rubl oralig‘ida jarimaga tortilishi mumkin.
Qayd etilishicha, sanksiyalar har bir reklama uchun alohida qo‘llaniladi.
Bu tartib, hatto agar u avtomatik tarzda qayta tarqatilsa va bepul amalga oshirilsa ham amalda bo‘ladi.
Mazkur platformalardagi blogerlar, brendlar va kompaniyalarga barcha eski reklamalar o‘chirish yoki kam deganda, targ‘ibot qilinmasligini ta’minlash tavsiya qilinmoqda.
Shu bilan birag, kontentni Telegram, YouTube yoki VK kabi platformalarga yo‘naltirish orqali auditoriyani saqlab qolish tavsiya etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter