Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Roskosmos» yangi kombaynni sinovdan o‘tkazdi: kombaynchiga ish yo‘q (video)

«Roskosmos» yangi kombaynni sinovdan o‘tkazdi: kombaynchiga ish yo‘q (video)

Skrinshot

«Roskosmos» haydovchisiz kombaynni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda korporatsiya rahbari Dmitriy Rogozin «Tvitter»dagi sahifasida yozdi.

Yekaterinburg shahridagi «Avtomatika» ISB («Soyuz-2» raketasi boshqaruv tizimi shu korxonada tayyorlangan) texnik ko‘rish va yuqori aniqlikdagi GLONASS navigatsiya tizimiga ega bug‘doy o‘radigan kombaynni sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Dmitriy Rogozinning ta’kidlashicha, kombaynning maydonga ishlov berish aniqligi ikki santimetrga teng. Yangi ishlanmaning g‘allazorlarga qanchalik tez chiqarilishi esa qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilariga bog‘liq, dedi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring