Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya AQSh sanksiyalariga munosib javob berishga va’da berdi

Rossiya AQSh sanksiyalariga munosib javob berishga va’da berdi

«Biz bu cheklovlarni javobsiz qoldirmaymiz», — deyiladi bayonotda.

Foto: «mid.ru»

Bugun, 7-aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligi mamlakat AQSh joriy etgan yangi sanksiyalarni javobsiz qoldirmasligini ma’lum qildi. Bu haqda «Aif.ru» xabar qilmoqda.

«AQSh joriy etayotgan sanksiyalar oddiy xalqqa, o‘z saylovchilariga va o‘rtadagi iqtisodiy munosabatlarga zarar yetkazmoqda. Ilgari joriy etilgan cheklovlar ta’sirini kutmasdan, Vashington shu darajada bema’nilikka bormoqdaki, AQSh bilan avvaldan yaqin hamkorlik qilgan va minglab ish o‘rinlarini yaratgan kompaniyalarga zarba berishga harakat qilayapti. Biz bu cheklovlarni javobsiz qoldirmaymiz», — deyiladi bayonotda.

6 aprel kuni AQSh Rossiyaning bir qator kompaniya va shaxslariga sanksiyalar joriy etishni mo‘ljallayotgani haqida xabar qilgan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring