Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya Armaniston va Ozarbayjonni harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi

Rossiya Armaniston va Ozarbayjonni harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi

Rossiya Armaniston va Ozarbayjon hukumatlarini tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga va mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

«Rossiya tomoni nizolashayotgan tomonlarni qon to‘kilishini to‘xtatishga, harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga va siyosiy hamda diplomatik yechim yo‘liga qaytishga chaqiradi», dedi u.

Zaxarova Qorabog‘ inqirozini tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha barcha qadamlar Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlarining 2020-2022 yillar oralig‘ida qabul qilingan uch tomonlama bayonotlari to‘plamida bayon etilganini eslatgan.

U Rossiya tinchlikparvar kontingenti o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda davom etayotganini ta’kidlab, ularning xavfsizligi barcha tomonlar tomonidan ta’minlanishiga umid bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning o‘zi 2022-yil fevralidan buyon Ukraina hududida urush olib bormoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring