Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada qurilishda ishlayotgan hamyurtimizni yashin urdi

Rossiyada qurilishda ishlayotgan hamyurtimizni yashin urdi

Foto: «Iz.ru»

Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 7-iyun kuni Leningrad viloyatida qurilayotgan obektda yashin urishi natijasida O‘zbekiston fuqarosi, 11.02.1995-yilda tug‘ilgan Zuxriddin Rashid o‘g‘li Yusupov vafot etdi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida ma’lumot tarqatildi.

Bosh konsulxona o‘lim fakti yuzasidan tekshiruv o‘tkazayotgan Sosnovoborsk tumanlararo tergov bo‘limi bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazoratga olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va eslatib o‘tadiki, Rossiyaning shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring