Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada yana bir savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi

Rossiyada yana bir savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto : Kirill Vasilev

Bugun, 4-aprel kuni Moskvaning sharqiy qismida joylashgan «Persey dlya detey» nomli bolalar savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar maxsus xizmatlaridagi manbaga asoslanib, «RIA Novosti» ma’lum qildi.

«Jarohatlanganlar bor, savdo markazidagilar qutqaruv zinapoyasi orqali evakuatsiya qilingan», degan agentlik suhbatdoshi.

To‘rt qavatli savdo markazi 2009-yildan beri faoliyat yuritmoqda. U bolalar buyumlarini sotishga mo‘ljallangan bo‘lib, unda attraksionli ko‘ngilochar joy ham mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring