Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyadagi noqonuniy migrantlar ogohlantirildi

Rossiyadagi noqonuniy migrantlar ogohlantirildi

© RIA Novosti

Rossiyada 5 fevraldan noqonuniy yurgan chet el fuqarolari uchun nazorat ostidagi shaxslar reyestri ishga tushdi. 10 sentyabrgacha maqomni rasmiylashtirish yoki chiqib ketish talab etiladi.

Rossiyada 2025 yil 5 fevraldan nazorat ostidagi shaxslar reyestri ishlamoqda. Unga mamlakatda qonuniy asoslarsiz bo‘lib turgan barcha chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiritiladi.

Rossiya prezidentining 1126-sonli farmoniga ko‘ra, ushbu ro‘yxatdagi chet elliklar 2025 yil 10 sentyabrgacha qonuniy maqomni rasmiylashtirishi yoki mamlakatdan chiqib ketishi talab etiladi. Ushbu sanadan keyin o‘z maqomini qonuniylashtirishning iloji bo‘lmaydi, qoidabuzarlarni esa deportatsiya va kirish taqiqi kutmoqda, deya ogohlantirdi Rossiya IIV Migratsiya xizmati.

Rossiyada yashayotgan yoki borishni rejalashtirayotganlarga Rossiya IIV yoki "Davlat xizmatlari" saytlari orqali ushbu reyestrda bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rish tavsiya etiladi.

Tekshirib ko‘rish uchun quyidagi havolalarni bosing:
 
MVD.ru/rkl
gosuslugi.ru/newsearch/reestr-kontroliruemyh-lic
Ushbu qonun kimlarga taalluqli?
Birinchi navbatda – noqonuniy mehnat migrantlariga (shu jumladan, YeOII mamlakatlaridan kelgan). Ular Rossiyada qolish uchun ish beruvchi bilan mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzishi (keyinga qoldirilgan ish boshlash sanasi ko‘rsatiligan shartnoma tuzib bo‘lsa ham) va uning nusxasini Ichki ishlar vazirligining hududiy bo‘linmasiga taqdim etishlari kerak.
 
Qayerga murojaat qilish kerak:
 
- yashash joyi bo‘yicha IIV "Pasport-viza xizmati" davlat korxonasi (FGUP PVS) filialiga.
 
- Moskva shahrida istiqomat qiladiganlar –Saxarovodagi ko‘p tarmoqli migratsiya markaziga.
 
- uzoq masofada yoki murakkab vaziyatlardagilar - IIV migratsiya masalalari bo‘yicha bo‘linmalariga.
Ular biometrik identifikatsiyadan hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, soliqlar, jarimalar va davlat bojlari bo‘yicha qarzlarni to‘lashi (agar mavjud bo‘lsa) kerak bo‘ladi.
 
10 sentyabrgacha ulgurmaganlar Rossiyaga kiritilmaydi, Rossiyada yurganlar deportatsiya qilinadi, shuningdek, ularga IIV ruxsatisiz yashash joyini o‘zgartirish, boshqa hududlarga chiqish, ko‘chmas mulk sotib olish, biznes ochish, farzandlarini bolalar bog‘chasi va o‘rta maktabga berish, avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring