Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyadan Vengriya va Slovakiyaga neft yetkazib berish qayta tiklandi

Rossiyadan Vengriya va Slovakiyaga neft yetkazib berish qayta tiklandi

Rossiyadan Vengriya va Slovakiyaga neft yetkazib berish o‘tgan hafta oxirida Ukrainaning «Drujba» neft quvuriga hujumi tufayli to‘xtatilganidan so‘ng qayta tiklandi. Bu haqda ushbu quvur orqali xomashyo qabul qiluvchi Vengriyaning MOL kompaniyasi va Slovakiya iqtisodiyot vaziri Denis Sakov xabar berdi.

«Bugundan «Drujba» quvuri orqali Vengriya va Slovakiyaga neft yetkazib berish qayta tiklandi», – deyiladi MOL’ning bayonotida. Kompaniya qayta tiklangan yetkazib berish hajmiga aniqlik kiritmagan.

Shu bilan birga, Vengriya tashqi ishlar vazirligi mamlakat rasmiylari «Drujba»ga hujum uchun javobgar bo‘lgan Ukraina bo‘linmasi qo‘mondoni uchun Shengen zonasiga kirishni taqiqlashga qaror qilganini ma’lum qildi. Vengriya bir necha bor Kiyevni quvurga hujum qilishda ayblagan va Budapesht 22 avgust kuni yana bir shunday hujum haqida xabar bergan

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring