Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sakkiz bokschimizdan yetti nafari finalda

Sakkiz bokschimizdan yetti nafari finalda

Foto: «Uza.uz»

Fransiyada boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda, deb xabar berdi «O‘zA».

Dunyoning 24 davlatidan kelgan 150 nafarga yaqin charm qo‘lqop ustalari bahslashayotgan musobaqada sakkiz nafar bokschi yurtimiz sharafini himoya qilayapti.

Turnirda  Abdulxay Shoraxmatov, Shukur Rahimov, Aliyor Noraliyev, Fazliddin Meliboyev, Odiljon Aslonov, Madiyor Saidrahimov, Sardor Yormuhammedov o‘z vazn toifalarida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, faqatgina vazni 91 kilogrammdan og‘ir bo‘lgan Ulug‘bek Mubinov  yarim finalda mag‘lub bo‘ldi.

«A» sinfiga mansub bo‘lgan turnirda bugun final uchrashuvlari o‘tkaziladi. Mazkur musobaqada Osiyo qit’asidan mazkur musobaqada faqatgina O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring