Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda samolyot mashina ustiga quladi (video)

AQShda samolyot mashina ustiga quladi (video)

Foto: «Facebook.com»

13 oktyabr kuni AQShning Texas shtati Midlend shahrida avtomobil turar joyiga qo‘yilgan mashina ustiga yengil motorli samolyot quladi. Hodisa oqibatida hech kim qurbon bo‘lmagan.

Uncha katta bo‘lmagan samolyot mahalliy vaqt bilan ertalab soat 11larda ClayDesta savdo markazi avtomobil turar joyida xavfli qo‘nishni amalga oshirgan, deyiladi Midlend politsiyasining «Facebook»dagi sahifasida.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning aniqlik kiritishicha, xavfli qo‘nish chog‘ida samolyot bortida ikki kishi bo‘lgan. Ular tan jarohati olgan, ammo hozir ularning sog‘lig‘iga hech narsa xavf solmayapti. Samolyot qulagan paytda mashina ichida hech kim bo‘lmagan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring