Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni Qatarni o‘zidan «uzib» qo‘ymoqchi

Saudiya Arabistoni Qatarni o‘zidan «uzib» qo‘ymoqchi

Foto: «Associated Press»

«Saudiya Arabistoni investitsiya fondi Qatar chegarasi bo‘ylab kanal qurishni rejalashtirmoqda. Loyiha rasman tasdiqlangach qurilish ishlari boshlanadi», — deya xabar bermoqda «Lenta.ru».

Kanalning uzunligi 60 kilometr bo‘ladi. Kanal Saudiya Arabistoni qirg‘oqlari uzluksizligini ta’minlab, savdo va turizmni rivojlantirishga yordam beradi. Bundan tashqari, mintaqada neft va boshqa sanoat ob’yektlari, plyaj va kurortlar, portlar quriladi.

Kanalning kengligi 200 metr, chuqurligi 15-20 metrni tashkil etadi. Loyihaning boshlang‘ich qiymati 2,8 milliard dollar atrofida baholanmoqda.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring