Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sel Qamashidagi ko‘prikni yuvib, chorvani oqizib ketdi

Sel Qamashidagi ko‘prikni yuvib, chorvani oqizib ketdi

Foto: «SAFARI» kanali

Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Langar ota qishlog‘iga o‘tadigan ko‘prikni sel yuvib ketdi. Bu haqida telegramdagi «SAFARI» kanalida ma’lumot berib o‘tildi.

«Qamashi tumanidagi Langar ota qishlog‘iga o‘tiladigan ko‘prikni sel yuvib ketibdi. Aholining mollarini ham oqizib ketgan. Fuqarolar orasida jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q», — deyiladi ma’lumotda.


«Bu esa aynan shu qishloq oldidagi holat. Ilgari bu yerda katta asfalt yo‘l bo‘lgan», — deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda sel bo‘lgani haqida saytimizda bir necha bor xabar berib o‘tilgan edi. Shuningdek tabiiy ofat vaqtida qanday yo‘l tutish kerakligi haqida ham yo‘riqnoma e’lon qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring