Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senator Robaxon Mahmudova Oliy sud raisiga birinchi o‘rinbosar bo‘lishi kutilmoqda

Senator Robaxon Mahmudova Oliy sud raisiga birinchi o‘rinbosar bo‘lishi kutilmoqda

Senator Robaxon Mahmudova.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlanishi kutilmoqda. Manbamizga ko‘ra, ayni lavozimni senator Robaxon Mahmudova tayinlanishi ehtimoli yuqori. Uning nomzodi Oliy Majlis Senati tasdig‘idan o‘tganidan so‘ng rasman ishga tushishi aytilmoqda.

R.Mahmudova — farg‘onalik, 1968-yilda tug‘ilgan. Sud tizimida suyagi qotgan mutaxassis.  Mehnat faoliyatini quyi sudlardan boshlab, Oliy sud sudyasigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgani aytiladi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi raisi vazifasida ham ishlagan.

Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri bo‘lgan R.Mahmudova shu yil boshidan O‘zbekiston Respublikasi Senatining Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

«Fidokorona mehnatlari uchun» ordeni sohibasi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring