Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sergelida 4 xonadonga suv toshib ketdi

Sergelida 4 xonadonga suv toshib ketdi

Foto: FVV

Kecha, 24-fevral kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida yerosti kanalizatsiya quvurida avariya yuzaga keldi. Avariya natijasida mahalla hududidagi to‘rt xonadon hovlisiga suv toshib kirdi, deya xabar berdi FVV axborot xizmati.

Qayd etilishicha, avariyani bartaraf etish uchun Toshkent shahar hokimiyati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat sanitar-epidemiologik nazorat markazi va boshqa kommunal xizmatlarning kuch va vositalari jalb qilindi.

Avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlari hozir ham davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring