Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahar markazidagi e’tiborsizlik: o‘lgan itning egasi kim?

Shahar markazidagi e’tiborsizlik: o‘lgan itning egasi kim?

Foto:«Xabar.uz»

Yunusobod tumaniga ketaverishda Amir Temur ko‘chasida mana bu o‘lgan kuchuk ikkinchi kun yo‘l chetida yotibdi.

Shahriston metrosidan 100 metr narida avtobus o‘tadigan katta yo‘l chetida, aholi yuradigan yo‘lakchaga yaqin joyda o‘lib yotgan bu kuchuk endilikda shishib ketdi va o‘zidan badbo‘y hid chiqarmoqda. Kuchuk daydi emasligi ko‘rinib turibdi. Mashina urib yuborganligi ham ehtimoldan holi emas. Balki uni egasi qidirayotgandir. Bir kunda minglab odam metroga kirish va chiqish uchun o‘tayotgan katta yo‘l chetida yotgan bu jonzotni olib qo‘yadigan mas’ullar yo‘qmi?

Eng achinarlisi, uning yonida mana bunday hashamatli binolar va sal narida restoran bor. Ayniqsa kelin-kuyovlar kelib o‘zlarining sevgi tarixini yozdiradigan maskan ham shu yerda joylashgan.

Shahar markazidagi e’tiborsizlik barchaning dilini xira qilishi tabiiy.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring