Sharof Rashidov tumaniga yangi hokim tayinlandi

Joriy yil 22-avgust kuni Sharof Rashidov tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev ishtirok etdi.
Kun tartibida tashkiliy masala ko‘rildi. Unda viloyat hokimi Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga — Ashurov Asilbek Raxmonovich nomzodini deputatlarga tavsiya etdi.
Viloyat hokimining Ashurov Asilbek Raxmonovichni Sharof Rashidov tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Eslatib o‘tamiz, Ashurov Asilbek Raxmonovich 2022-yildan buyon Paxtakor tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter