Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev «Forish» tog‘-dala poligoniga tashrif buyurdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev «Forish» tog‘-dala poligoniga tashrif buyurdi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari Jizzax viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni «Forish» tog‘-dala poligonini borib ko‘rdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni harbiy xizmatchilarning yashashi, jangovar o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Panoramali elektron o‘q otish trenajyori, askarlar yotoqxonasi, mashq va saf maydonchalarini ko‘zdan kechirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerni namunaviy poligonga aylantirish, yangi konsepsiya ishlab chiqib, mamlakatimizdagi barcha harbiy poligonlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Poligonlar harbiy xizmatchilarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish bilan birga g‘oyaga xizmat qilishi zarur. Bu yer iftixor, g‘urur, kuch, bilim maskani bo‘lishi kerak», dedi Shavkat Mirziyoyev.

«Forish» poligoni maydoni tekislik, murakkab tog‘ va qoyalardan iborat. Bu yerda o‘tkazilayotgan tayyorgarlik mashg‘ulotlari batalon taktik guruhlarning tog‘ va cho‘l hududlarida, favqulodda o‘zgaruvchan vaziyatlarda, har qanday ob-havo sharoitida topshiriqlarni to‘la bajarishga o‘rgatadi. Jangovar harakatlarni tashkillashtirish va taktik harakatlanish ko‘nikmalarini hosil qiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentimiz tashrifi chog‘ida 25 xil o‘quv-mashg‘ulot mashqlari namoyish etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan harbiy anjomlar va askarlarning safar taomlarini ham ko‘zdan kechirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring