Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev maktablarda qanday shior bo‘lishi lozimligini aytdi

Shavkat Mirziyoyev maktablarda qanday shior bo‘lishi lozimligini aytdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyov umumta’lim maktablarida qanday shior bo‘lishi lozimligini aytib o‘tdi. Bu haqda «O‘qituvchi» kanalida ma’lum qilindi.

«Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir» degan so‘zlari har bir maktab binosida yozib qo‘yilishi shart», — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Taniqli ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniy (1874 — 1934) pedagogik fikr taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan, o‘z asarlarida o‘zbek xalqining eng yaxshi an’analarini, muammoli jihatlarini, ta’lim-tarbiyaga oid muhim hayotiy masalalarini aks ettirgan pedagog, olimdir. U jadidchilik harakatining yetakchilaridan bo‘lib, birinchilar qatorida o‘zbek bolalari uchun yangi uslubdagi maktablarga asos solgan.

Abdulla Avloniy bu maktablar uchun darsliklar va qo‘llanmalar yozgan. 1907 yilda o‘zbek tilida chiqadigan «Shuxrat» gazetasini nashrdan chiqara boshlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring